20:28 / 17.08.2020
3 533

Toshkentda Nexia postni buzib o‘tib, YPX xodimini urib yubordi

Toshkentda Nexia postni buzib o‘tib, YPX xodimini urib yubordi
Foto: Videodan skrin
Toshkent shahrida Nexia haydovchi bilan suhbatlashayotgan IIBB xodimini urib ketdi. Bu haqda shahar IIBB xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 10 avgust kuni taxminan soat 00:46 da Olmazor tumanidagi Sag‘bon ko‘chasida 46 yoshli Sherzod B. davlat raqami 01 N 317 BA Nexia rusumli avtomobilda harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda YHXB xodimi tomonidan to‘xtatilgan, 31 yoshli Dilshodbek I.ga tegishli Lacetti (davlat raqami 01 A 493 KV) rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan. Zarb oqibatida Lacetti yo‘l chetida turgan 29 yoshli Umidjon J.ga tegishli bo‘lgan Matiz rusumli avtomobilga borib urilgan.

Foto: Videodan skrin
YTH natijasida Lacetti avtomobili yonida turgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori kichik serjant Sh. G‘ulomnazarov hamda Nexia rusumli avtomobil haydovchisi badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Hujjatlar qonuniy chora ko‘rilishi uchun Olmazor tumani prokuraturasiga yetkazilgani ma’lum qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda Nexia postni buzib o‘tib, YPX xodimini urib yubordi