
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda To‘rtko‘l tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tadbir davomida “Toshkent-Nukus” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro A.A. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtotransport vositasi to‘xtatilib belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashina kabinasi ichidagi 2 dona yaxna choy idishlarida tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud bo‘lgan 746 dona “Tramadol” dori vositalari borligi aniqlandi.
Tezkor tadbir davomida ushbu giyohvandlik moddalari fuqaro R.R.ga tegishli ekanligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Giyohvandlik VositalariBojxona OrganlariQoraqalpog‘iston RespublikasiTezkor TadbirToshkent-NukusR.R O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar