09:17 / 21.08.2020
3 559

Koronavirusning oson tarqalishiga imkoniyat yaratuvchi iqlim sharoiti ma’lum qilindi

Koronavirusning oson tarqalishiga imkoniyat yaratuvchi iqlim sharoiti ma’lum qilindi
Foto: NIH
Mutaxassislar batafsil sinovlar o‘tkazib, koronavirus zarralari tarqalishi tezligi nam havo sharoitida yuqoriligini aniqlashgan. Tadqiqot natijalari nam iqlimda odam nafas chiqargandagi tomchilarda virusning faolligi vaqti quruq havodagiga nisbatan 23 marta oshishini ko‘rsatgan.

Namlik nafas bilan chiqadigan tomchilarga ta’sir qiladi, chunki havo ularning bug‘lanib ketishi jarayonini tezlashtiradi. Shuningdek, yuqori namgarchilikda 50 mikron o‘lchamdagi mayda tomchilar nafas chiqarganda 5 metrgacha uzoqlikkacha boradi. Havo namligi 50 foiz bo‘lganda esa bu masofa 3,5 metrdan oshmaydi.

Agar xona yoki ko‘chada havo quruq bo‘lsa, unda nafas bilan atrof-muhitga chiquvchi tomchilar 1,7 soniyada bug‘lanib ketadi.
Mutaxassislar, shuningdek, yo‘tal vaqtida atrof-muhitga tarqaluvchi virus zarralarining deyarli 70 foizi yerga cho‘kishini, qolgan qismi esa turli ob’ektlarda qolishini aniqlashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusning oson tarqalishiga imkoniyat yaratuvchi iqlim sharoiti ma’lum qilindi