
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda aholi murojaati va savollari yuzasidan javob qaytarildi.
- Shifokor mendan nafasim siqilmayotganini so‘radi. Buni qanday aniqlasa bo‘ladi?
- Nafas siqilishi - bu havo yetishmasligini his qilish. nafas olish tezligi, xotirjamlikda daqiqasiga 22 ta nafas olish bo‘lishi lozim.
Nafas chastotasini xotirjam holatda o‘lchash uchun quyidagilarni bajarish zarur:
- Sekundomer yoki qo‘l soatini oling yoki uyali telefoningizda sekundomerni yoqing;
- agar bu vaqtgacha harakatda bo‘lgan bo‘lsangiz 5 daqiqa dam oling;
- o‘tirgan yoki yotgan holda qo‘llaringizni ko‘ksingizga qo‘ying;
- ko‘krak qafasingizni harakatlantirib necha marta nafas olishingizni sanang;
- 1 daqiqadan so‘ng sanashni to‘xtating. Katta kishilarda normal nafas olish chastotasi 12-18 ta bo‘ladi.
Agar ko‘rsatkichlar 22 tadan ko‘p bo‘lsa shifokorga murojaat qiling - bu nafas olishda muammo borligini ko‘rsatadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar