Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi
Bundan ikki oy oldin Rossiyada chiqindi yig‘ib, onasi va opasini boqayotgan 11 yoshli Islombek haqida video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Keyinchalik u hamyurtlarimiz ko‘magi bilan O‘zbekistonga qaytib kelgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Islombekning onasi turmushdan ajrashganidan so‘ng aliment pulini undira olmagan, uy-joydan qiynalgani uchun Rossiyaga ketishga majbur bo‘lgan. Ular O‘zbekistonga qaytgach, iyul oyida 5 million so‘mga yaqin aliment pullari undirib berildi.
Yaqinda Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Shahrisabzga borib, ana shu oila xonadonida bo‘lgan.
Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi
Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Zoyir Mirzayev topshirig‘iga ko‘ra, bu oilaga yangi qurilayotgan uylardan birining boshlang‘ich to‘lovi to‘lab, uy olib beriladi. Hozirda hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari ketyapti.
Shuningdek, oila a’zolari bilan suhbat chog‘ida ularga 20 million so‘m pul hamda Islombek va uning opasiga o‘quv qurollari sovg‘a qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)