23:35 / 22.08.2020
2 405

Chiqindi yig‘ib onasini boqayotgan bolaga uy beriladigan bo‘ldi

Chiqindi yig‘ib onasini boqayotgan bolaga uy beriladigan bo‘ldi
Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi
Bundan ikki oy oldin Rossiyada chiqindi yig‘ib, onasi va opasini boqayotgan 11 yoshli Islombek haqida video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Keyinchalik u hamyurtlarimiz ko‘magi bilan O‘zbekistonga qaytib kelgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Islombekning onasi turmushdan ajrashganidan so‘ng aliment pulini undira olmagan, uy-joydan qiynalgani uchun Rossiyaga ketishga majbur bo‘lgan. Ular O‘zbekistonga qaytgach, iyul oyida 5 million so‘mga yaqin aliment pullari undirib berildi.

Yaqinda Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Shahrisabzga borib, ana shu oila xonadonida bo‘lgan.

Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi
Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Zoyir Mirzayev topshirig‘iga ko‘ra, bu oilaga yangi qurilayotgan uylardan birining boshlang‘ich to‘lovi to‘lab, uy olib beriladi. Hozirda hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari ketyapti.
Shuningdek, oila a’zolari bilan suhbat chog‘ida ularga 20 million so‘m pul hamda Islombek va uning opasiga o‘quv qurollari sovg‘a qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chiqindi yig‘ib onasini boqayotgan bolaga uy beriladigan bo‘ldi