Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkent shahar Iqtisodiy jinoyatlarga kurashish departamenti bilan hamkorlikda noqonuniy oltin aylanmasining oldini olish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazdi.
Xususan, Toshkent shahridagi “Sharq” yo‘l patrul xizmati maskanida 1975 yil Andijon viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan A.Nuriddinov boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilib, tekshirilganda, avtomashina yukxonasida qora politilen paketlarga skochlab o‘ralgan, jami 14 kg 238 gr. bo‘lgan 16 dona oltin quymalari borligi aniqlandi.
Aniqlanishicha, ushbu oltin quymalarini fuqaro Nuriddinov Toshkent viloyati Qibray tumanidagi uyida qonunga xilof ravishda qo‘lbola usulda tayyorlagan bo‘lib, keyinchalik ularni Andijon va Namangan viloyatlariga olib borib, sotishni rejalashtirgan.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, oltinni quyma shaklga va yuqori asillik darajasiga keltirib oldi-sotdi qilish taqiqlangan bo‘lib, ushbu harakatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, ushbu oltin quymalarning kelib chiqish manbalarini aniqlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi