date
views 1 702

Mahsulot qadoqlari orqali koronavirus yuqtirib olish mumkinmi?

Mahsulot qadoqlari orqali koronavirus yuqtirib olish mumkinmi?
Foto: Getty Images
Xitoyda Janubiy Amerikadan keltirilgan muzlatilgan qisqichbaqa va tovuq qanotlari qadoqlarida koronavirus izlari topilgani haqida xabarlar berilgan.
Oziq-ovqat idishlari orqali kasallaniish mumkinmi? Nazariyaga ko‘ra, ha.
Laboratoriya tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, koronavirus inson tanasidan tashqarida bir necha soat, shu jumladan qadoqlash materiallari, ayniqsa karton va plastmassalarda kunlab yashashi mumkin.

Bunga qo‘shimcha ravishda, u ko‘plab mahsulotlar tashiladigan past haroratli muhitda barqarorroq.
Biroq, ba’zi mutaxassislar ushbu natijalar laboratoriyadan tashqarida takrorlanishi mumkinligiga shubha qilishadi.

Britaniyaning Lester universiteti o‘pka kasalliklari professori Julian Tanning aytishicha, tashqi dunyoda sharoit shunchalik ko‘p va tez o‘zgaradiki, virus uzoq vaqt saqlanib qolmaydi.

AQSHning Rutgers universiteti mikrobiologiya professori Emanuel Goldman shuningdek, laboratoriya tadqiqotlarida 10 millionga yaqin virusni o‘z ichiga olgan namunalardan foydalanilganini ta’kidladi. Solishtirish uchun, masalan, aksirish paytida paydo bo‘lgan va tasodifiy yuzaga tushuvchi suyuqlik tomchisida ularning atigi 100ga yaqini bor.

«Menimcha, [koronavirusning] jonsiz sirt orqali yuqish ehtimoli juda kam. Agar bemor shunday sirtga aksirsa yoki yo‘talsa va unga bir yoki ikki soat davomida kimdir tegsa, bu bo‘lishi mumkin», - deb yozadi professor Goldman iyul oyida Lancet jurnalida chop etilgan maqolasida.

Virus qanday yuqadi?
Qadoqlash bilan shug‘ullanadigan ishchilar kasallanishidan qo‘rqish xavotiri ular ifloslangan yuzalarga tegib, keyin o‘z ko‘zlari, burunlari va og‘izlariga tegishiga asoslanadi.

Biroq, olimlar buni Covid-19 yuqishida muhim uzatish kanali deb hisoblashmaydi.
«Kimdir Covid-19’ni zararlangan sirt yoki narsaga teginib yuqtirishi mumkinligini istisno etib bo‘lmaydi, - deyiladi AQSH Kasalliklarni nazorat qilish markazining veb-saytida. - Ammo bu virus tarqalishining asosiy usuli emas».

Virus asosan odamdan odamga bevosita yuqadi:
- ikki metrdan kam masofada aloqa qilganda;
- bemor yo‘talganda, aksirganda va gapirganda uning tupugidagi ko‘rinmas zarralar burun va og‘iz orqali sog‘lom odamning o‘pkasiga kirganda.

Doktor Tanning fikriga ko‘ra, kimdir virusni aynan oziq-ovqat mahsulotlari qadoqlari orqali yuqtirib olganini isbotlash juda qiyin. Buning uchun infeksiyalanishning boshqa mumkin bo‘lgan yo‘llarini, shu jumladan ijtimoiy aloqalarni butunlay istisno qilishni talab etiladi.

Qanday qilib yuqtirishdan saqlanish mumkin?

Foto: Getty Images
«Hozirda Covid-19’ning oziq-ovqat yoki qadoqlash vositasidan yuqishining tasdiqlangan holatlari yo‘q», - deb ta’kidlaydi JSST. Biroq, tashkilot hali ham bir qator ehtiyot choralarini ko‘rishni taklif qilmoqda.

JSST ko‘rsatmalariga ko‘ra, qadoqlangan ovqatni zararsizlantirishning hojati yo‘q, lekin ularni ochgandan keyin ovqatlanish oldidan qo‘llarni yaxshilab yuvish kerak.

Oziq-ovqat do‘koniga kirishdan oldin qo‘llarni sanitariya vositasi bilan dezinfeksiyalash va uyga qaytganda yuvish tavsiya etiladi. Xaridlarni joylashtirganingizdan so‘ng qo‘lni qayta yuving.

Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchi xizmatlardan foydalanish afzalroqdir - albatta, agar kurer shaxsiy va oziq-ovqat gigiyenasiga amal qilinishini ta’minlasa. Buyurtmani qabul qilgandan keyin ham qo‘lingizni yuving.

Ba’zi mutaxassislar plastik paketlarni bir martadan ko‘p bo‘lmagan holda ishlatishni maslahat berishadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mahsulot qadoqlari orqali koronavirus yuqtirib olish mumkinmi?