Amaliyotda ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda ham ularga nisbatan texnik kadastr yig‘majildlarini rasmiylashtirilgan bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslar mazkur yig‘majildlarni ko‘chmas mulk ob’ektlariga nisbatan egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi hujjat deb hisoblashlari oqibatida turli tushunmovchiliklar kelib chiqqan.
Yuqoridagi kabi holatlarni bartaraf etish maqsadida Davergeodezkadastr qo‘mitasi tomonidan muhim hujjat qabul qilindi.
Qo‘mita axborot xizmati xabar berishicha, unga ko‘ra:
- Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kadastr yig‘majildi tayyorlash uchun ariza berish bilan murojaat qilinganda, agarda ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar arizaga ilova qilinmasa kadastr yig‘majildi tayyorlash umuman taqiqlandi;
- Inventarizatsiya ishlari amalga oshirilgan, biroq yer uchastkasi, qurilgan bino va inshootlarga huquq tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan holda, inventarizatsiya natijalari axborot tizimida shakllantirilib, arizachiga faqatgina ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi ma’lumot taqdim etish amaliyoti joriy etildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti