
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat jamg‘armasi faoliyati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Mahkama xabariga ko‘ra, jamg‘arma direktori Asrol Mirzahmedov va boshqalar o‘zaro oldindan til biriktirib, dori vositalari va tibbiyot uskunalarini qimmat narxlarda sotib olib, jamg‘armaning 2,8 mlrd so‘m mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan jamg‘arma direktori Asrol Mirzahmedov va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bosh ProkuraturaTergov HarakatlariMehr-ShafqatSalomatlik Jamg‘armasiTalon-TorojDori Vositalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar