13:08 / 28.08.2020
4 622

Abituriyent ruxsatnomasini olish endi yanada osonlashdi

Abituriyent ruxsatnomasini olish endi yanada osonlashdi
Abituriyentlar tomonidan telefon raqami yo‘qolgani, telefon raqami ishdan chiqqani yoki shaxsiy kabinetga kirish parolini unutib qo‘ygani bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Davlat test markazi tomonidan mazkur murojaatlar inobatga olingan holda, abitur.dtm.uz sayti orqali «Abituriyent ruxsatnomasi»ni yuklab olish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratildi.

Endi «Abituriyent ruxsatnomasi»ni shaxsiy kabinetga kirmasdan ham olish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, ruxsatnoma olish uchun telefon raqam va parol shart emas.

Bunda «Abituriyent ruxsatnomasi»ni yuklab olish uchun quyidagi ma’lumotlar kerak bo‘ladi:
— pasport ceriyasi;
— pasport raqami;
— jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR).

Mazkur imkoniyatdan quyidagi havola orqali foydalanish mumkin: https://abitur.dtm.uz/allow

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Abituriyent ruxsatnomasini olish endi yanada osonlashdi