3 143
Karantin qoidalariga bepisandlik qilishi oqibatida koronavirusni o‘ta og‘ir o‘tkazgan 17 yoshli o‘smir yigit haqida
O‘smirlar orasida karantin qoidalariga rioya qilish juda sust. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova «Shifobaxshuz» Telegram kanaliga ma’lum qildi.
Barno Abdusamatovaning aytishicha, karantin qoidalarini eng ko‘p buzayotganlar – yosh o‘smirlar.
«Meni xavotirga soladigan narsa o‘smirlar. Ular orasida karantin qoidalariga rioya qilish juda sust – ko‘chalarda ijtimoiy masofani saqlamaslik, tibbiy niqoblarni noto‘g‘ri taqish holatlari ko‘p kuzatilmoqda. Keksalar, o‘rta yoshdagi insonlar va hattoki, yosh bolalarda qoidalarga rioya qilishni ko‘ryapman. Negadir, lekin yosh o‘smirlar orasida e’tiborsizlik ko‘p. Bu kuzatishlarimiz yoshlar orasida targ‘ibot ishlarini olib borishimiz kerakligini ko‘rsatmoqda. Shunday usullarda tushuntirish kerakki, ular bu bilan o‘zlarini, balki, oila a’zolari va boshqa insonlarning ham salomatligiga xavf solayotganliklarini tushunib yetishlari lozim», – dedi mutaxassis.
Uning alohida ta’kidlashicha, «Yoshman, kuchliman, menga koronavirus nima», degan fikr bilan yurgan o‘smir yigit koronavirusni o‘ta og‘ir darajada o‘tkazgan.
«Menga hech narsa emas, men sport bilan shug‘ullanaman», deb yurgan 17 yoshli o‘smir yigit ham koronavirusga chalingan. Kasallik belgilari bo‘lsa-da, shifokorga murojaat qilmagan. Bemalol ko‘chaga chiqqan, boshqalar bilan muloqotda bo‘lgan – aslida bu jinoyat. Tartib bo‘yicha, kasal odam o‘zini-o‘zi yakkalashi, bila turib boshqalarga virusni yuqtirishi noto‘g‘ri ish. Yigit shu darajaga yetdiki, juda og‘ir ahvolda statsionarga tushdi.
Ota-onasining aytishicha, bola aytilgan ko‘rsatmalarga quloq solmay, o‘zi bilganicha ish tutgan. Kasallikni yengishda qiyinchiliklarga uchraganidan keyin, «Iltimos, tuzalib ketishimga yordam beringlar», deb qilgan ishlarimdan hozir juda afsusdaligini aytdi. Shifokorlarning sa’y harakatlari bilan o‘smir yigit tuzalib ketdi, hozir ahvoli yaxshi», – dedi koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Abdusamatova.
Barno Abdusamatovaning qo‘shimcha qilishicha, o‘smirlarda o‘ziga ishonch bo‘lgani yaxshi. Bu ruhiy tushkunlikni oldini oladi. Shu bilan birga kasallikka ham mas’uliyat bilan qarashni ham unutmaslik kerak. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi