
Foto: akchabar.kg
1 sentabrdan boshlab O‘zbekiston fuqarolari Qirzig‘istonga cheklovlarsiz bora olishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda 24.kg Qirg‘izistonning koronavirusga qarshi kurashish bo‘yich shtabiga tayanib xabar tarqatdi.
Ma’lum bo‘lishicha, qirg‘iz rasmiylari O‘zbekistonni COVID-19 bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror davlatlar ro‘yxatiga kiritgan. Bu ro‘yxatdagi davlatlar fuqarolari Qirg‘izistonga kirib-chiqishi mumkin.
Hozirda Qirg‘izistonga quyidagi davlatlar fuqarolari kirishi mumkin: Rossiya, Gruziya, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Turkmaniston, Belgiya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Irlandiya, Islandiya, Italiya, Latviya, Litva, Lixtenshteyn, Luksemburg, Portugaliya, Turkiya, Shveysariya, Shvetsiya, Qatar, BAA, XXR, Malayziya, Janubiy Koreya, Pokiston, Sloveniya, Kuvayt, Yaponiya. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar