
Foto: akchabar.kg
1 sentabrdan boshlab O‘zbekiston fuqarolari Qirzig‘istonga cheklovlarsiz bora olishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda 24.kg Qirg‘izistonning koronavirusga qarshi kurashish bo‘yich shtabiga tayanib xabar tarqatdi.
Ma’lum bo‘lishicha, qirg‘iz rasmiylari O‘zbekistonni COVID-19 bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror davlatlar ro‘yxatiga kiritgan. Bu ro‘yxatdagi davlatlar fuqarolari Qirg‘izistonga kirib-chiqishi mumkin.
Hozirda Qirg‘izistonga quyidagi davlatlar fuqarolari kirishi mumkin: Rossiya, Gruziya, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Turkmaniston, Belgiya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Irlandiya, Islandiya, Italiya, Latviya, Litva, Lixtenshteyn, Luksemburg, Portugaliya, Turkiya, Shveysariya, Shvetsiya, Qatar, BAA, XXR, Malayziya, Janubiy Koreya, Pokiston, Sloveniya, Kuvayt, Yaponiya.
O‘zbekiston FuqarolariQirg‘iziston KirishCOVID-19 EpidemiyasiO‘zbekiston RasmiylariQirg‘iziston DavlatlariKoronavirusga Qarshi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar