10:20 / 02.09.2020
3 895

Maktablarda o‘qish boshlanishi vaqti va talablari ma’lum qilindi

Maktablarda o‘qish boshlanishi vaqti va talablari ma’lum qilindi
Respublikada karantin talablarini qisqartirish maqsadida davlat rahbari tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga muvofiq Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori qabul qilingani haqida xabar berilgandi.

Unga ko‘ra, 2020 yil 5 sentabrdan boshlab:

Ota-onalarning fikrlari va mahalliy deputatlar kengashlari takliflariga muvofiq sentabr oyidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarining an’anaviy va masofaviy shakldagi faoliyatiga ruxsat berildi.

Bunda ushbu ob’ektlar quyidagi sanitariya talablariga rioya etishi talab etiladi:
➖ xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar)ning sog‘lig‘i holatini doimiy nazorat qilish (tana haroratini muntazam o‘lchab borish), tana harorati 37 S va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar)ni mashg‘ulotlar chetlatish;

➖ xodimlar tibbiy niqobdan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi;

➖ sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat’iy rioya etish, bino xonalarni doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maktablarda o‘qish boshlanishi vaqti va talablari ma’lum qilindi