20:10 / 02.09.2020
2 109

Norasida haqini bermagan ota ozodlikdan mahrum etildi

Norasida haqini bermagan ota ozodlikdan mahrum etildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining 21.06.2017 yil kungi sud buyrug‘iga asosan qarzdor X.Ergashevdan undiruvchi M.Ergasheva foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Majburiy ijro byurosi Izboskan tuman bo‘limi tomonidan mazkur ijro ishi kelib tushgan sanadayoq ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.

Soha xodimlari tomonidan aliment to‘lashi yuzasidan bir necha bor ogohlantirilgan bo‘lsada, qarzdor X.Ergashev aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamay keladi. Natijada, 29.11.2019 yil kuni Izboskan tuman ma’muriy sudi tomonidan qarzdorga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanadi.

Qarzdor X.Ergashev ma’muriy javobgarlikka tortilganidan so‘ng ham aliment to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab keladi. 8 oy mobaynida to‘lanmagan aliment pullari 10 173 216 so‘mni tashkil qiladi. Shu sababli, o‘z norasidasi haqini bermay yurgan ota O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi bilan 5 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Norasida haqini bermagan ota ozodlikdan mahrum etildi