Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov kirish imtihonlarida abituriyentlarning telefondan foydalangani haqida internetda tarqalgan ma’lumotlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
«Hozir ijtimoiy tarmoqlarda bir abituriyentning qo‘lida telefon bilan o‘tirgani yoki yana birining telefon orqali gaplashgani aks etgan video va suratlar tarqalmoqda.
Bu rasmlardan birining olingan vaqtiga e’tibor beradigan bo‘lsak, u 14:19da olingan. Telefon yoki soat kameraning soati noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin, deb o‘ylash mumkin bo‘lsa ham, boshqa aniqlashtiruvchi jihatlar bor. Masalan, stadionning poli ko‘k rangda. Bunday stadion Andijonda bor, lekin uning poli hozirgi holatda oq va ko‘k rang aralash qilib bo‘yalgan. Avvalroq viloyatda kirish imtihonlari repetitsiya qilinganda stadion ko‘k rangda bo‘lgan», – dedi Sardor Rajabov 2 sentabr kungi brifingda.
Uning aytishicha, test kitobchalarining surati tarqalgan holatlar ham tegishli xizmatlar tomonidan o‘rganilmoqda. Agar abituriyent imtihonga taqiqlangan vositalar olib kirgani aniqlansa, u imtihondan chetlashtiriladi. Agar nazoratchilar sustkashlik qilgan bo‘lsa, ularga nisbatan chora ko‘riladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi