Maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yilgach, onlayn tahsil oluvchi o‘quvchilar ham, an’anaviy usulda maktabga qatnovchilar ham darslik bilan ta’minlanadi. Bu haqida Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova ishtirokidagi brifingda ma’lum qilindi.
“Har ikki shaklda tahsil oluvchi o‘quvchilar doimgidek darsliklar bilan bir xilda ta’minlanadi”, dedi u 3 sentabrdagi brifingda.
Vazirlik rasmiysi o‘quvchining onlayn ta’limni tanlash jarayoni haqida tushuntirish berdi.
“Ota-ona farzandini masofaviy ta’lim shaklida o‘qitish qarori haqida o‘qituvchisini ogohlantirib qo‘yishi kifoya. Buning uchun ota-onadan hech qanday yozma hujjat talab etilmaydi.
Shuningdek, an’anaviy ta’lim olayotgan o‘quvchini onlayn ta’limga yoki aksincha onlayn o‘qiyotgan o‘quvchini an’anaviy ta’limga o‘tkazish uchun ham faqatgina o‘qituvchini ogohlantirish kerak bo‘ladi”, dedi Rustamova.
Shu bilan birga, matbuot kotibi o‘quvchining maktabga kiyib boradigan libosi maktabning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga to‘liq rioya etishi kerakligini, maktabga sport libosida kelishiga yo‘l qo‘yilmasligini eslatib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi