2 029
Tanzila Norboyeva: «Sardobadagi holat sabablari va unga yo‘l qo‘yganlar albatta aniqlanadi»
Foto: Kun.uz
Bugun, 5 sentabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Sirdaryo viloyatida sayyor majlisi o‘tkazilmoqda. Unda Senat Raisi Tanzila Norboyeva nutq so‘zladi.
Majlis avvalida Sirdaryoda Senat majlisi ilk marta o‘tkazilayotgani, bu boradagi tajribani yana ko‘paytirish kerakligini ta’kidlagan T.Norboyeva kvorum yetarli bo‘lganligi sababli majlisni boshladi.
"Sardoba suv omborida yuzaga kelgan holat sabablari va unga yo‘l qo‘ygan sababchilar ham albatta aniqlanadi va ularning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi. Ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan turli gap-so‘zlarga o‘rin yo‘q, albatta chora ko‘riladi”, — dedi Senat raisi.
T.Norboyeva ushbu texnogen hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha barcha ishlar Senat tomonidan o‘rganib chiqilganini ta’kidladi.
“Ishchi guruh sa’y-harakatlari bilan hududdagi ijtimoiy ob’ektlarni ta’mirlash ishlari uchun qurilish tashkilotlarga ajratilmay kelayotgan 9,5 mlrd so‘m undirib berildi”, dedi T.Norboyeva.
Senat raisi Tanzila Norboyeva bu voqea xalqimizni yanada jipslashishiga sabab bo‘lganiga urg‘u berdi.
“Sardobaga yordam” aksiyasi xalqimizni yanada jipslashtirdi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘shanda hech kimdan topshiriq bo‘lgani yo‘q. Lekin barcha viloyatlarimiz, hududlarimiz o‘zlari uyushib Sirdaryoga yordamlarini keltirishdi.
Bu ham bo‘lsa xalqimizga xos bo‘lgan bag‘rikenglikdan nishona, bir-birimizga ko‘mak berish — so‘zlar bilan ifodalab bo‘lmaydigan xarakterimizning namoyishi”, — dedi T.Norboyeva.
Senat raisi Sirdaryodagi texnogen falokatdan jabr ko‘rgan hududlarda bunyodkorlik va qayta qurish ishlarini amalga oshirish uchun davlatning bor resurslar safarbar qilingan, dedi.
“Kuni-kecha Bosh vazirning o‘zi bir qator vazirlarimiz bilan birgalikda kelib ketibdi, bu yerda qilinayotgan ishlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, yana qo‘shimcha topshiriqlarni beribdi.
Aytmoqchimizki, Sirdaryoda juda katta islohotlar o‘tkazilayotgan edi, bu ishlar oxirigacha yetmaguncha, sirdaryoliklar eski iziga tushib olmaguncha hamma ishlar izchil amalga oshiriladi. Bu ishlarning barchasi davlatimiz rahbarining shaxsiy nazoratida turibdi”, — dedi Tanzila Norboyeva. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”