Toshkent viloyati Olmaliq shahrida marixuana giyohvandlik vositasini qovurayotgan fuqarolar ushlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.
IIO xodimlari tomonidan 1 sentabr kuni o‘tkazilgan tadbir davomida 34 yoshli X.A. va 25 yoshli B.U. «Zarya» uyushmasi 3-ko‘chasida joylashgan B.U.ga tegishli dala-hovlida 675 gramm marixuana giyohvandlik vositasini qozonda qovurayotgani aniqlangan. Bundan tashqari, qozon oldidan yana 1 kilogramm 251 gramm marixuana topilib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi (giyovandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. B.U. va X.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi