
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining "Instagram" va "Facebook"dagi sahifalarida yuqoridagi kabi yuk tashish qoidalarini buzgan holda boshqa harakat ishtirokchilariga halaqit berib, o‘zi va o‘zgalar salomatligini xavfga qo‘ygan haydovchilar haqida maqolalar e’lon qilingan.
Ushbu ogohlikka chorlovchi xabarlarga ayrim fuqarolar "tirikchilikda nima qilsin?", "oilasini boqayapti" kabi izohlar qoldirishgan.
- "To‘g‘ri bu "tirikchilik va oila boqish" uchun. Lekin, salomatlik va o‘zgalar hayoti-chi?
Barcha harakat ishtirokchilaridan holatga to‘g‘ri baho berishlarini, yuk tashish qoidalarini buzish, og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalariga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida ham o‘ylab ko‘rishlarini so‘rab qolamiz.
YPX xodimlarining vazifasi amaldagi qoidalarda belgilangan talablar bajarilishini ta’minlash xolos. Ularning bu vazifasi majburiyat ekanligini ham unutmaslik lozim", deyiladi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar