20:30 / 07.09.2020
2 031

Biofaol qo‘shimchalaring noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Biofaol qo‘shimchalaring noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Sifati kafolatlanmagan biofaol qo‘shimchalarning yashirin aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari fuqaro M.A. boshqaruvidagi “Neksiya 3” rusumli avtomashinani belgilangan tartibda ko‘zdan kechirishdi.

Natijada, avtomashina ichida sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 100,3 million so‘mlik 601 dona xorijda ishlab chiqarilgan “SamyunWan” nomli biofaol qo‘shimchalar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Biofaol qo‘shimchalaring noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi