10:33 / 08.09.2020
2 122

Koronavirus qayd etilganlar soni 44 mingdan oshdi

Koronavirus qayd etilganlar soni 44 mingdan oshdi
2020 yil 8 sentabr soat 10.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 44107 (+132) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 111 nafari Toshkent shahrida, 9 nafari Buxoro viloyatida, 6 nafari Namangan viloyatida, 5 nafari Toshkent viloyatida hamda 1 nafari Surxondaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 72 yoshli I.K. (erkak) hamda Angren shahrida yashagan 56 yoshli R.Ye. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 41594 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2157 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 430 nafari og‘ir, 224 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus qayd etilganlar soni 44 mingdan oshdi