11:55 / 09.09.2020
1 802

Xodim ishga tiklandi

Xodim ishga tiklandi
Majburiy ijro byuroning Mirobod tuman bo‘limi ish yurituviga tegishli sudning qaroriga asosan undiruvchi M.Abdujabarovani Biznes boshqaruv Respublika oliy maktabi direktorining 16.03.2020 yildagi buyrug‘i bekor qilinib, M.Abdujabarova qayta tayyorlash malaka oshirish hamda sertifikatlashtirish bo‘limi menedjeri lovozimiga qayta tiklash va undiruvchi foydasiga 13 mln. 121 ming 919 so‘m kompensatsiya pullari hamda davlat foydasiga esa 524.876 so‘m davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushadi.

Mazkur xujjatga muvofiq, ijro ishi qo‘zg‘atilib, qarzdorga qaror yuboriladi. Olib borilgan ishlar natijasida qarzdor tomonidan ijro hujjati ijrosi to‘liq ta’minlanib, undiruvchi M.Abdujabarova qayta ishga tiklandi va qarzdorlik undirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xodim ishga tiklandi