Foto: Vazirlik matbuot xizmati
Kecha, 9 avgust kuni Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov boshchiligida Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani «Qo‘qoni» mahalla fuqarolar yig‘inida tuman mahalla hamda aholi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda kun.uz saytida e’lon qilingan «Qo‘qoni» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Husniddin Tursunovning mahalladagi kambag‘al oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam namunasi sifatida o‘z uyida boqilayotgan 1000 dona jo‘jani hamda kambag‘al oila vakili sifatida o‘z o‘g‘li – Doston Tirkashevni ko‘rsatgani bayon etilgan maqolada ko‘tarilgan masalalar o‘rganilib, muhokama etilgan.
Foto: Vazirlik matbuot xizmati
R.Mamatov bu haqida o‘z fikrini bildirib, vazifalarni bajarishda mas’uliyatsizlik qilgan har bir mas’ul xodimga nisbatan tegishli chora ko‘rilishini aytib o‘tdi.
Uchrashuvda «Qo‘qoni» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Husniddin Tursunov o‘z arizasiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi.
Shuningdek, Past Darg‘om tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i M.Sanaqulovaga o‘z faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun «hayfsan» intizomiy jazo chorasi berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi