20:24 / 09.09.2020
2 065

Yakkabog‘da ota 42 oy aliment to‘lamagani uchun qamaldi

Yakkabog‘da ota 42 oy aliment to‘lamagani uchun qamaldi
MIB Yakkabog‘ tuman bo‘limi ish yurituvida tumandagi “Alako‘ylak” qishlog‘ida yashovchi qarzdor fuqaro O.Meyliqulovdan voyaga yetmagan 1 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

O.Meyliqulov FIB Yakkabog‘ tumanlararo sudining 3.03.2017 yildagi sud buyrug‘iga asosan G.Xudoyberdiyeva foydasiga har oyda to‘lashi lozim bo‘lgan aliment pullarini to‘lamaganligi bois uning qarzdorligi 42 oy uchun 27.671.742 so‘mni tashkil etgan.
Qarzdor fuqarodan farzandlari uchun to‘lanadigan aliment to‘lovi vaqtida to‘lanmagani sababli tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Yakkabog‘ tuman ma’muriy sudining qaroriga asosan qarzdor O.Meyliqulov O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47/4-moddasi bilan aybdor deb topildi va unga nisbatan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Jahongir Mo‘minov
Mib Yakkabog‘ tuman bo‘limi
davlat ijrochisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yakkabog‘da ota 42 oy aliment to‘lamagani uchun qamaldi