1 952
Bojxonachilar mobil qurilmalarni Uz IMEI tizimidan noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhni fosh etishdi
Davlat bojxona qo‘mitasi mobil qurilmalarni UzIMEI tizimida noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazish bilan shug‘ullanib kelgan jinoyatchilar aniqlangani haqida xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu jinoiy guruh ro‘yxatdan o‘tmagan mobil qurilmalarni O‘zbekiston chegarasi orqali harakatlangan fuqarolarning nomlariga noqonuniy yo‘llar bilan ro‘yxatga qo‘yish, shaxslarga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ib, saqlab, ulardan g‘arazli niyatlarda foydalanib kelgan.
«Aniqlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O.A. sheriklari M.B. va T.R.lar bilan tuzgan o‘zaro jinoiy rejaga ko‘ra qo‘shni davlatlarga o‘tishib, u yerda O‘zbekistonga kirib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining pasport ma’lumotlarini telefon yordamida rasmga tushirib, Telegram tarmog‘i orqali yuborib, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan mobil qurilmalarni UzIMEI tizimi orqali ushbu fuqarolar nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish bilan shug‘ullanib kelishgan.
Birgina fuqaro B.M.ning uyali aloqa vositasi ko‘zdan kechirilganida, telefon xotirasida O‘zbekiston fuqarolarining 200ga yaqin pasport rasmlari borligi, u ushbu pasport ma’lumotlarni yig‘ib, jinoiy sherigi O.A.ga yetkazib bergani uchun har bir pasportga 5 AQSH dollardan haq olgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1412-moddasining 2-qismi «a» va «v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organiga yuborildi», – deyiladi Davlat bojxona qo‘mitasi axborotida.
Xabarda uch nafar ayblanuvchi haqida ma’lumotlar keltirilmagan.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda mobil qurilmalarni UzIMEI tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazish shov-shuvli masalaga aylangan edi. Xorijdan kelgan ko‘plab fuqarolar o‘zlari bilan olib kelgan mobil telefonlarini ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lganida, ularning nomiga allaqachon boshqa mobil qurilmalar UzIMEI tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazilgani ma’lum bo‘layotgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi