Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida olti qatorli 3 ta yo‘l o‘tkazgich va avtomobil yo‘li qurilmoqda. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ular tumanning KXAY, TXAY va Qipchoq ko‘chalari oralig‘ida qurilmoqda.
Cho‘ponota ko‘prigi eng so‘nggi texnologiyalariga ko‘ra qurilmoqda. Butun dunyoda faol qo‘llanilayotgan, jahon standartlariga mos keladigan monolit oraliq qurilmalari texnologiyasini qo‘llagan holda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
Ko‘prikning tayanch ustunlari 47 ta, ularning balandligi 13 metrgacha bo‘lishi mo‘ljallangan. Ko‘prikning estetik jihatdan chiroyli ko‘rinishi uchun ustunlarini maxsus jihozlar bilan bezatilishi nazarda tutilgan. Cho‘ponota ko‘prigining umumiy uzunligi 597 metrni, bog‘lamalari bilan birgalikda 950 metrni tashkil qiladi.
Ko‘prik qatnov qismi qoplamasining eng so‘ngi texnologiya va yuqori sifatli qurilish materiallarini qo‘llagan holda qurilishi, avtomobil va piyodalarning qulay harakatlanishini ta’minlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi