Joriy yilning 11 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali “Ta’tildagi xodimlarning ishga chaqirilishi mehnat qonuniga zid-ku...” nomli xabar joylashtirildi.
Mazkur xabarda, Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tizimida ishlovchi va bugungi kunda o‘z hisobidan ta’tilga chiqqan xodimlar ishga chaqirilayotganligi ma’lum qilingan.
Majburiy ijro byurosining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tizimida faoliyat olib borayotgan 326 nafar xodimlarning 96 nafari ixtiyoriy ravishda o‘z hisobidan ta’tilga chiqqan hamda ta’tilda bo‘lgan ushbu xodimlar majburiy tarzda ishga jalb qilinmagan.
Biroq, ta’tildagi xodimlarning o‘z hoxishlariga ko‘ra, ishni davom ettirish istagini bildirib boshqarma yoki hududiy bo‘limlarga kelayotganlari ham yo‘q emas.
Bu holat, xodimlarni ishga majburiy tarzda jalb etilishi degani emas, albatta.
Bunday murojaat etilgan hollarda mehnat qonunchiligiga asosan ishni davom ettirishlari ruxsat beriladi.
Shu sababli, xodimlarning o‘z hisobidan ta’tilga chiqishi ahvoli hamda ishni davom ettirish istagini bildirayotgan xodimlarning murojaatlari o‘rganilmoqda.
Ma’lumot uchun, ushbu xabardagi Byuroning Qamashi, G‘uzor, Kitob va Shahrisabz shahar bo‘limlarining faoliyatlarini aks ettirgan fotosuratlar - boshqarma faoliyatiga oshkoralik berish, ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilik bilan muntazam munosabat o‘rnatish maqsadida, boshqarmaning “Telegram” ijtimoiy tarmog‘idagi kanalidan olib joylashtirilgan.
Majburiy ijro byurosining
Qashqadaryo viloyati boshqarmasi
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Qashqadaryo viloyati boshqarmasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi