14:55 / 12.09.2020
2 348

Eshiklar orasiga yashirilgan 5600 dona dori vositalari fosh etildi

Eshiklar orasiga yashirilgan 5600 dona dori vositalari fosh etildi
Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda sifati kafolatlanmagan va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining yashirin aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro M.A. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Bir qarashda ushbu avtomashinada hech qanday noqonuniy tovar-moddiy boyliklar yo‘q edi go‘yo. Ammo, sergak xodimlar tomonidan ushbu avtomashina eshik qoplamalari orasi ko‘zdan kechirilganida, qonunbuzarning nayrangi oshkor bo‘ldi.

Mazkur shaxs xorijda ishlab chiqarilgan, sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati 168 million so‘mlik 5600 dona “REGAPEN 300 gr” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini eshik qoplamalari orasiga yashirib olganligi aniqlandi. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Eshiklar orasiga yashirilgan 5600 dona dori vositalari fosh etildi