Shveysariyada Gulnora Karimovaning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishiga oid tergov davomida olib qo‘yilgan pullar O‘zbekistonga qaytarilishi yuzasidan kelishuvga erishildi. Bu haqda AP xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Shveysariya hukumati 2012 yilda Gulnora Karimovaga taalluqli bo‘lgan hisob-raqamlarda «muzlatib qo‘yilgan» mablag‘lardan 131 million dollarga teng aktivlarni O‘zbekistonga qaytarishga rozilik bergan.
Hali qonuniy ravishda rasmiylashtirilishi kerak bo‘lgan kelishuvga ko‘ra, O‘zbekiston qaytarilgan pullarni aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, barqaror rivojlanish loyihalariga sarflashi lozim. Shuningdek, ushbu mablag‘lar xarajati ustidan ochiq monitoring o‘rnatilishi zarur.
Karimovadan olib qo‘yilgan yana 715 million dollar Karimovaga qarshi davom etayotgan jinoiy ish doirasida «muzlatilgan»ligicha qolmoqda. Agarda ushbu mablag‘lar «yechilgan» taqdirda ham yuqoridagi shartlar asosidagina O‘zbekistonga qaytariladi.
Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimova Toshkent yaqinidagi ayollar koloniyasida qamoq jazosini o‘tamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi