Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 192 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, jami holatlar soni 47 ming 42taga yetgani, ayni vaqtda shifoxonalarda davolanayotganlar soni (aktiv keys) 3 mingdan oshgani haqida xabar berdi.
«Yangi kasallanish holatlarining 96 nafari Toshkent shahrida, 51 nafari Samarqand viloyatida, 17 nafari Andijon viloyatida, 9 nafari Namangan viloyatida, 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, yana 8 nafari Toshkent viloyatida, 3 nafari Qashqadaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.
Shu bilan birga, Zangiota tumanida yashagan 83 yoshli B.R. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 74 yoshli X.Z. (ayol) koronavirusga chalingan bemor vafot etdi va jami qurbonlar soni 388taga yetdi.
Shu vaqtgacha 43 ming 511 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor (93 foiz) sog‘aygan. Hozirda O‘zbekistonda 3 143 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi