Tomonlar hamkorlikni riavojlantirish va «yuzaga kelgan muammolarga birgalikda javob qaytarish» masalalarini muhokama qilishadi. Lukashenko ayni vaqtda Rossiyaga yo‘l olgan.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko muzokaralar o‘tkazish uchun Rossiyaga uchib ketdi. Bu haqda Belarus hukumatiga qarashli «Pul pervogo» Telegram kanali xabar bergan.
BelTA agentligi prezident matbuot xizmatiga asoslanib xabar berishicha, Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan «yuzma-yuz» formatida uchrashadi. Uchrashuv Sochidabo‘lib o‘tadi.
Agentlikning qayd etishicha, muzokaralar chog‘ida tomonlar «turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik holati va rivojlanish istiqbollari, ittifoq munosabatlari mavzulari» muhokama qilinadi, shuningdek, «xalqaro muammolar, mintaqadagi vaziyat va yuzaga kelgan chaqiriqlarga birgalikda javob qaytarish» masalalari ko‘rib chiqiladi.
Bu Lukashenkoning 9-avgust kungi prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lishidan keyingi ilk rasmiy tashrifidir. U qayta saylanishi aholida norozilik uyg‘otdi va mamlakat haftalar davomida namoyishlar girdobida qoldi. Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot xizmati 14-sentyabr kuni Sochidagi uchrashuvda «Rossiya-Belarus munosabatlari, strategik sheriklik va ittifoqni yanada rivojlantirishning muhim masalalarini muhokama qilish» rejalashtirilgani haqida xabar bergandi.
Belarusdagi prezidentlik saylovlaridan keyin Lukashenko va Putin doimiy ravishda telefon orqali muloqot qilib turibdi, avgust oyi oxirida ular o‘zaro uchrashuv o‘tkazishga kelishishgandi.
3-sentyabr kuni Lukashenko Rossiya prezidenti bilan uchrashuvda Minsk va Moskva munosabatlaridagi hal qilinmagan masalalarga «nuqta» qo‘yilishi haqida gapirgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi