2 885
Toshkent viloyati bosh infeksionistiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi kuchda qoldirildi
Foto: Kun.uz
8 sentabr kuni hibsga olingan Toshkent viloyati bosh infeksionisti – viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan qamoqda saqlash bilan bog‘liq ehtiyot chorasini o‘zgartirish bo‘yicha berilgan appellyatsiya shikoyati 14 sentabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudida ko‘rib chiqildi.
Prokuror Aziz Ismailov hamda Guljahon Yo‘ldoshevaning advokati Xushnid Ahrorov ishtirokida o‘tgan sud majlisida sudya Dilshod Izzatov ayblanuvchiga nisbatan qo‘llangan qamoqda saqlash bilan bog‘liq ehtiyot chorasini o‘zgartirishsiz qoldirishga ajrim chiqardi.
Sud majlisidan so‘ng Guljahon Yo‘ldoshevaning advokati Xushnid Ahrorov Kun.uz muxbiriga bergan izohida sudya chiqargan ajrimdan noroziligini bildirdi. Uning fikricha, qamoqda saqlash – mazkur holatda nomutanosib chora, ayblanuvchining ko‘p bolali ona ekani hisobga olinmagan.
Eslatib o‘tamiz, Guljahon Yo‘ldosheva Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori lavozimida ishlab kelgani holda bir kishining COVID-19dan vafot etishiga va 250,8 mln so‘m budjet mablag‘lari rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilinishida gumon qilinib ushlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi