10:15 / 15.09.2020
2 164

Olimlar koronavirusning ta’sirini yo‘qqa chiqaruvchi oqsilni topishdi

Olimlar koronavirusning ta’sirini yo‘qqa chiqaruvchi oqsilni topishdi
Gap koronavirusga qarshi antitanalardan 10 marta kichikroq bo‘lgan oqsil birikmasi haqida bormoqda. U koronavirusga qarshi vositani yaratishda qo‘llangan.

AQSHning Pittsburg universiteti olimlari kam dozada ham koronavirus ta’sirini butkul yo‘qqa chiqaruvchi oqsilni aniqlashdi.

Ushbu oqsil antinanadan 10 marta kichikroq bo‘lib, u koronavirusga qarshi Ab8 vsitasini ishlab chiqishda qo‘llangan. Tadqiqotlar davomida Ab8 sichqon va og‘maxonlarda (xomyak) koronavirusning oldini olishda va davolashda juda samarali ekani aniqlangan.

Molekulaning mitti o‘lchamdaligi uning to‘qimalarga kirishib ketish [diffuziya] imkoniyatini oshiradi. Bu esa virusni yaxshiroq neytrallashga yordam beradi va vositani ingalyatsiya usulida kiritish imkonini beradi. Vosita inson hujayralari bilan birikmaydi va bu ikkilamchi salbiy ta’sirlarni minimallashtirish imkonini beradi”, deyilgan tadqiqotda.

Oqsil birikmasi koronavirusning S-oqsili bilan aloqaga kirisha oluvchi 100 mlrdta molekulani tezkor tahlil qilish usuli bilan topilgan. Koronavirus aynan S-oqsili yordamida organizmga kiradi.

Oqsil birikmasi immunoglobulin bilan qo‘shilganda Ab8 hosil bo‘lib, u antitana funksiyasini oladi.
Ab8 laboratoriya jonzotlarida eng kichik dozada ham virus zarralari miqdorini 10 marta kamaytirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)