18:30 / 16.09.2020
2 191

Bojxonachilar 10,5 mlrd. so‘mlik “qo‘lqop” operatsiyasini fosh etishdi

Bojxonachilar 10,5 mlrd. so‘mlik “qo‘lqop” operatsiyasini fosh etishdi
“Yashirin iqtisodiyot”ning asosiy omillaridan biri tovarlarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishi, ayirboshlanishi va bojxona hududida xarakatlanishidir. Shu munosabat bilan bojxona organlari tomonidan respublikamizda “yashirin iqtisodiyot”ning ulushini qisqartirish va tovarlarning noqonuniy harakatini oldini olish borasida ham bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan bojxona to‘lovlardan qochish maqsadida yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklatura kodini noto‘g‘ri ko‘rsatish holatlarini fosh etish bo‘yicha doimiy ravishda chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tezkor xodimlar tomonidan “Chuqursoy texnik-idora” temir yo‘l chegara bojxona posti orqali yurtimizga olib kelingan, “Rezina qo‘lqoplar” tovarlari o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, konteynerlarda “Rezina qo‘lqoplar” o‘rniga, yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 5 mlrd 125 mln. so‘mlik “Trikotaj qo‘lqoplar” borligi aniqlandi. Natijada, 6 mlrd. 101 mln. so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.

Shuningdek, yana bir holatda mazkur postda xorijdan kelgan temir yo‘l koteynerlaridan yana biri ko‘zdan kechirildi. Natijada, konteynerlarda hujjatlarda ko‘rsatilgan “Rezina qo‘lqoplar” o‘rnida umumiy qiymati 5 mlrd 324 mln.so‘mlik “Trikotaj qo‘lqoplar” borligi fosh bo‘ldi.

Holat yuzasidan 6 mlrd. 454,56 mln. so‘m miqdorida qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.
Hozirda mazkur xolat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar 10,5 mlrd. so‘mlik “qo‘lqop” operatsiyasini fosh etishdi