22:30 / 18.09.2020
3 266

Qashqadaryoda maktab direktori o‘z joniga qasd qilib, xatlar yozib qoldirdi

Qashqadaryoda maktab direktori o‘z joniga qasd qilib, xatlar yozib qoldirdi
«Nasafnews» Kitob tumanidagi maktab direktori o‘zini osgani, vafotidan oldin xat yozib qoldirgani haqida xabar tarqatdi. Aytilishicha, xatda «Har qanday holatda ham korrupsiyaga yo‘l qo‘ymang. Maktabdagi «to‘nkalar» ham ishlasin, xalqning bolasini ko‘zini o‘ymang, sizlardan iltimos», degan jumlalar bor.

Bosh prokuratura matbuot xizmati tarqatilgan xabarga oydinlik kiritdi. Mahkama matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Kitob tumani «Bog‘bon» MFYda istiqomat qiluvchi L. Eshqobilov va boshqalar shu yilning 8 sentabr kuni tuman prokuraturasiga murojaat qilib, jiyani N.T. o‘z joniga qasd qilganligini bildirgan holda aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Aniqlanishicha, marhum N. T. Kitob tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli maktablarning birida direktor lavozimida ishlab kelgan. U shu yilning 31 avgust kuni o‘zi rahbarlik qilgan maktabning ma’muriy binosida o‘zini osishi natijasida vafot etgan.

Tuman IIB xodimlari N.T.ning o‘limi holatini aniqlash uchun marhumning uyiga borganlarida uning yaqin qarindoshlari murdani sud-tibbiyot ekspertizasi ko‘rigidan o‘tkazmaslik maqsadida yurak xurujidan vafot etganligini aytishib, jasadni shu kunning o‘zida ko‘mib yuborishgan.

Ayni paytda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tuman xalq ta’limi bo‘limi, tuman ichki ishlar bo‘limi, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash markazining Kitob tumani bo‘limi xodimlari harakatlariga nisbatan xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Tekshiruv harakatlari davomida N.T.ning o‘lim sababini aniqlash maqsadida jasadni eksgumatsiya qilish yo‘li orqali sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tkazish tushuntirilganda, marhumning yaqin qarindoshlari bunga (eksgumatsiya qilishga) mutlaqo qarshi ekanliklarini bildirishgan.

Marhum o‘limidan avval 3 nusxada tilxat yozib qoldirgan bo‘lib, ushbu tilxatlar uning tog‘asi L.Eshqobilovda saqlanayotganligi aniqlangan.

Ushbu tilxatlarni tergovga qadar tekshiruv zaruratiga ko‘ra sudga oid xatshunoslik ekspertizasi tayinlash uchun taqdim qilish talab etilganda, L.Eshqobilov ushbu hujjatlarning nusxasini taqdim qilib, asl nusxalarini taqdim qilishdan bosh tortgan.

Hozirda Kitob tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.
Daryo.uz'ga ko‘ra, marhum 47 yoshda bo‘lgan. Nashr Kitob tuman XTB mudiri Avloqul Avlayev bilan bog‘langan.
«Aprel yoki may oylari edi, marhumning IIBda ishlovchi ukasi Sh.T. yonimga kelib: «Akam ichkilikka berilib qolgan, davolatganmiz, ammo foydasi bo‘lmayapti. Shuning uchun ishdan bo‘shatib yuboring. Sizlarni ham, bizni ham qiynab qo‘ymoqda», dedi», – degan Avlayev.

Mudirning qo‘shimcha qilishicha, Nurbek Turdiyev tumandagi 13-maktabga 2018 yildan beri rahbarlik qilib kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda maktab direktori o‘z joniga qasd qilib, xatlar yozib qoldirdi