Foto: «U-f.ru»
Pensilvaniya universiteti Montefiore tibbiyot markazi hamda AQSHning boshqa sog‘liqni saqlash markazlari olimlari koronavirus yuzalar emas, asosan havo aerozollari orqali tarqalishini aniqlashdi. Shunday ekan, ijtimoiy masofa va yaxshi shamollatish COVID-19ni to‘xtatib qolishning eng samarali yo‘li hisoblanadi. Bu haqda «Annals of Internal Medicine» jurnali xabar berdi.
Tadqiqotchilar 2020 yil yanvardan sentabrgacha jurnalda chop etilgan va SARS-CoV-2 yuqish omillariga bag‘ishlangan ilmiy ishlarni o‘rganib chiqishdi. Buni qarangki, garchi ayrim maqolalarda virus zarralari yuzalarda bir necha soat yashashi mumkinligi aytilgan bo‘lsa-da, haqiqatda virusli RNK atrof-muhitda juda kam uchraydi. Koronavirusga chalingan odamlar bilan yaqin munosabatda bo‘lish va yaxshi shamollatmaslik virusni yuqtirishda hal qiluvchi omil hisoblanadi.
Shuningdek, virus ko‘pincha kasallikning erta bosqichidagi odamlardan yuqadi. SARS-CoV-2 virusli zarralar soni organizmda alomatlar paydo bo‘lishidan taxminan bir kun oldin avjiga chiqib, kasallik boshlanganidan keyin bir hafta ichida kamayadi. Koronavirusga chalinganlarning aksariyati virusni tarqatishda ishtirok etmaydi. Shunga qaramay, ba’zi bemorlar asosiy tashuvchi bo‘lib, birato‘la bir qancha odamlarga yuqtiradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi