15:23 / 22.09.2020
3 492

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov olamdan o‘tdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov olamdan o‘tdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov vafot etdi. Madaniyat vazirligi marhumning oila-a’zolari va barcha yaqinlariga hamdardlik bildirib, chuqur ta’ziya izhor etgan.

Xonanda 1969 yil 5 martda Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh shahrida tavallud topgan. 1991 yilda O‘zbekiston davlat san’at institutini tamomlagan.
Shuhrat Qayumov Milliy teleradiokompaniya tizimida uzoq yillar suxandon sifatida ishladi. Shuningdek, xonanda sifatida ham muxlislar qalbidan joy oldi.

Uning o‘limi sababi aniq keltirilmagan. U 2016 yilning bahori va yozida salomatligi yomonlashgani tufayli xorijga borib davolangandi.

Zamin.uz marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)