19:19 / 22.09.2020
726

6 yildan buyon ajrimda bo‘lgan oila tiklandi

6 yildan buyon ajrimda bo‘lgan oila tiklandi
Byuroning Sergeli tuman bo‘limi ish yurtuvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 19.03.2014 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor G.Gadlishindan undiruvchi M.Musayeva foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining taminoti uchun ¼ qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Mazkur ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 15.04.2014 yilda kelib tushgan. Ijro hujjatining ijrosini ta’minlash hamda qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida tegishli tashkilot va muassasalarga so‘rovnomalar yuborilgan.

Shuningdek, Qonunining 421-moddasiga asosan qarzdor G.Gadlishinning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Olib boirlgan majburiy ijro harakatlari davomida o‘z vaqtida to‘lanmagan 9 mln.747 ming 841 so‘m aliment qarzdorligi G.Gadlishindan bo‘lim depozit hisob raqamiga to‘liq undirilib undiruvchi M.Musayevaning hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

Bundan tashqari bo‘lim davlat ijrochisi A.Muxamedovning olib borgan huquqiy tushuntirshlari natijasida mazkur oila yarashtirildi va undiruvchi M.Musayevaning ijro xujjatining ijrosiz qaytarilishini so‘rab 18.09.2020 yildagi arizasi sababli, Qonunining 40-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan ijro ishi yuritish tamomlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)