Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 16.03.2020 yildagi 2-1001-2005/492-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor Q.Jurayevdan undiruvchi “Biznes Mikrokredit tashkiloti” MCHJ foydasiga jami 33 mln. 697 ming so‘m undirish haqidagi ijro ishi mavjud. Ijro hujjati 25.05.2020 yilda bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan qo‘zg‘atilgan.
Ijro hujjati yuzasidan ijro harakatlari bo‘lim davlat ijrochisi X.Qosimov tomonidan olib borilib, qarzdorga ijro hujjati talabini bajarishlik uchun ixtiyoriy muddat berilgan. Biroq qarzdor tomonidan uzrli sabablarsiz ijro hujjati talabi bajarilmagan. Shunga ko‘ra, davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdor nomiga rasmiylashtirilgan transport vositasi mavjudligi aniqlangan va belgilangan tartibda xatlangan.
MIB tuman bo‘limi tomonidan qarzdorning “EPICA” rusumli transport vositasi realizatsiya qilingunga qadar qarzdor ijro hujjati talabini to‘liq bajargan. Jumladan, undiruvchi “Biznes Mikrokredit tashkiloti” jamiyat foydasiga jami 33 mln. 697 ming so‘m pul mablag‘lari to‘liq undirib berilgan. Ijro hujjati ijrosi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan tamomlandi. Shunga ko‘ra qarzdorga transport vositasi dalolatnoma asosida qaytarib berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi