Foto: Getty Images
Sankt-Peterburgdagi I.I.Janelidze nomidagi tez yordam ilmiy-tadqiqot instituti olimlari koronavirus keltirib chiqargan og‘ir shakldagi kasallikni qonda erkin temir darajasi oshishiga olib keluvchi toksik zaharlanishdagi kabi davolash mumkinligini aytishmoqda.
Ta’kidlanishicha, olimlar bunday xulosaga Xitoyning Ibin universiteti va Sichuan fan va texnika universiteti olimlari ilgari surgan faraz asosida kelishdi. Xitoylik olimlarning fikricha, koronavirus gemotoksik ta’sirga ega bo‘lib, bunda gemoglobin molekulalaridan ikki valentli temir atomi siqib chiqariladi. U esa qonga tushib, tomirlar devori, so‘ngra ichki a’zolarning zararlanishiga olib keladi.
Erkin temirning me’yoridan ko‘pligi kapillyar sizib chiqish, ya’ni qon zardobining tomirlar devori orqali chiqib ketishiga olib keladi. Buning natijasida to‘qimalarga yetkaziluvchi kislorod oqimi kamayadi. Koronavirus infeksiyasi og‘ir kechayotgan bemorlarda aynan shu simptomlar kuzatilayotgani sabab olimlar infeksiyani gemolitik zaharlar bilan zaharlanishdagi kabi davolashni taklif qilishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi