
Foto: Azizbek Yazdurdiyev
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tug‘ilgan Gulchehra Qipchoqova baxtsiz hodisa sabab bir qo‘lidan ayrilgan bo‘lsa-da, paxta dalasiga chiqib, kuniga 130-150 kg paxta terib, to‘rt muchasi sog‘ odamlarga o‘rnak bo‘lmoqda.
Bu haqda Mirishkor tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Azizbek Yazdurdiyevning ma’lumot berishicha, viloyat rahbari Zoir Mirzayev Gulchehraning holidan xabar olish uchun Mirishkor tumanining paxta dalalarida bo‘lib, unga sovg‘a bergan.

Gulchehra Qipchoqova.
Foto: Azizbek Yazdurdiyev
«Mehnatim orqali qadr topishni xohlayman. Shukurki, ahvolim shunday bo‘lsa-da, mehnat qilyapman. Besh yildan beri Mirishkor tumaniga kelib, paxta teraman. Viloyat hokimiga rahmat, holimdan xabar olib, sovg‘a berdi», — deydi Gulchehra Qipchoqova.
— Shukhrat (@bankir2102) September 28, 2020
Azizbek Yazdurdiyevning qo‘shimcha qilishicha, 23 yoshga to‘lgan Gulchehra Qipchoqovaga talabalik ham nasib qilgan. U Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali talabasi bo‘lgan.

Gulchehra Qipchoqova.
Foto: Azizbek Yazdurdiyev
«Test sinovlarining javobi chiqqach, natijani ko‘rsam, budjetga o‘qishga kiribman», — deydi chiroqchilik qiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar