07:36 / 29.09.2020
3 168

«Zarafshon» savdo-ko‘ngilochar markazi yonida sodir bo‘lgan janjal bo‘yicha IIBB munosabat bildirdi

«Zarafshon» savdo-ko‘ngilochar markazi yonida sodir bo‘lgan janjal bo‘yicha IIBB munosabat bildirdi
Foto: Videodan skrinshot
Ijtimoiy tarmoqlarda «Zarafshon» savdo-ko‘ngilochar markazi yonida bir guruh yoshlar ishtirokida yuz bergan kelishmovchilik tasvirlangan video tarqaldi. Ushbu videodagi holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, holat 2020 yil 26 sentabr kuni soat 15:30 larda Yunusobod tumanidagi «Zarafshon» savdo-ko‘ngilochar markazi yonida sodir bo‘lgan.

Yaqin o‘rtada xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari janjalni ko‘rib, zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan, biroq janjal ishtirokchilari ichki ishlar organlari xodimlarini ko‘rib qochib ketishgan.

«Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, janjal ishtirokchilarining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda», – deyiladi IIBB xabarida.

Ta’kidlanishicha, mazkur holat Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olindi. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Zarafshon» savdo-ko‘ngilochar markazi yonida sodir bo‘lgan janjal bo‘yicha IIBB munosabat bildirdi