Tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish, aksiz markasiz yoxud boshqa davlatlarning aksiz yorlig‘iga ega bo‘lgan tamaki mahsulotlarining olib kirilishini oldini olish bojxona organlari zimmasiga yuklangan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin choralar ko‘rilmoqda. Shunga qaramay bunday holatlar hali hamon uchrab turibdi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro E.X. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.
Natijada uning avtoulovi yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 45 million so‘mlik, 2500 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi