13:00 / 29.09.2020
4 354

To‘plangan natijalarga qarab super-kontrakt narxlari e’lon qilindi

To‘plangan natijalarga qarab super-kontrakt narxlari e’lon qilindi
OTMlarga kirish uchun yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt narxlari e’lon qilindi.
Kirish chizig‘iga 4 ballgacha yetmaganlar super-kontraktni quyidagi miqdorda to‘lashadi:

- 1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun - 1,5 barobar;
- 1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,0 barobar;
- 2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,5 barobar;
- 3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun - 3,0 barobar.

To‘plagan bali kirish chizig‘iga 4 balldan ortiq yetmagan, lekin 56,7 dan ko‘p ball to‘plagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdorlari quyidagicha:

Eng qimmat miqdor yurisprudensiya yo‘nalishida — 25 barobar, ya’ni 229 mln 184 ming so‘m.
Keyingi o‘rinda tibbiyot yo‘nalishiniki — 20 barobar, ya’ni 170 mln 649 ming so‘m.
Qolgan yo‘nalishlar 10 va 15 barobar miqdorda belgilangan.

Eslatma: barobar - ta’lim yo‘nalishiga belgilangan kontrakt summasining barobari nazarda tutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » To‘plangan natijalarga qarab super-kontrakt narxlari e’lon qilindi