7 969
Aktrisa va jurnalist Iroda Nosirova haligacha turmushga chiqmagani sababi haqida gapirdi (video)
Jurnalist, aktrisa va xonanda Iroda Nosirova «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Iroda Nosirova suhbat davomida haligacha turmushga chiqmagani, o‘zini kelin obrazida tasavvur qila olmasligi, turmush ham rizqligi haqida gapirdi.
- "Menda yoshligimdan «Men kech turmushga chiqaman» degan fikr bo‘lgan, ochig‘i negaligini o‘zim ham bilmaganman. Shundan keyin biz voyaga yetib, dugonalarim turmushga chiqqandan keyin ularning hayotini, turmushini kuzatganimdan keyin turmushga chiqish fikri rejalarim so‘ngiga o‘tib qolgan. O‘sha paytda turmushga chiqishdan qo‘rqib qolganman.
Sovchilar kelganda bilmadim, nimalardir deb qaytarib yuborardik. Nima desam ekan, menda turmushga chiqishga kuchli xohish bo‘lmagan. Masalan, qizlar turmushga chiqishni xohlaydi, kelin ko‘ylak kiyishni istashadi, lekin menda nimagadir shunday xohish-istaklar bo‘lmagan. Haligacha ham kelin obrazida o‘zimni tasavvur qilolmayman.
Yoshligimdan ko‘proq o‘g‘il bolalar bilan o‘ynardim, o‘g‘il bolalar bilan to‘p surishardik, hattoki «razborka»lar bo‘lib qolsa borardik, sochimni kalta kesib, sport kiyimlari kiyib yurardim.
Biroz o‘g‘il bolalik, chapaniligim borligi uchunmi, bilmadim. Lekin bu narsaga jiddiyroq qarashni boshlaganimdan keyin ham atrofimdagilarni hayotini ko‘rib, turmushda aldanib qolayotgan ayrim odamlarni ko‘rib men bu narsaga tayyor emasligimni his qilganman. O‘zimda shunaqa holat ro‘y berishini xohlamaganman.
Hamma narsa Allohdan. Men u sabab, bu sabab deyapman, balki shu sabablar bo‘lmasligi mumkin. Chunki peshonaga yozilganini faqat Alloh beradi. Nimaga bu rizq sizga berilmaganini Allohdan boshqa hech kim bilmas ekan. Kimgadir avvalroq beriladi, kimgadir keyinroq, kimgadir, umuman, berilmas. Shuning uchun Allohga behisob shukr qilaman. Hech ham xafa emasman. Nimadandir kamim bor deb his qilmayman. Chunki menda xohlagan paytim turmushga chiqib ketish imkoniyati bor. Bo‘lgan ham", - deydi Iroda Nosirova.
Ma’lumot uchun, Iroda Nosirova faoliyatini «Davr» informatsion dasturida sport sharhlovchisi sifatida boshlagan. «Alvido», «Omad», «Janob hech kim» kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. Xonanda sifatida «Kel» deb nomlangan qo‘shig‘i muxlislar orasida ommalashgan. Iroda Nosirova 18 yillik norasmiy taqiqlardan so‘ng 2020 yildan Zo‘r TV kanalida jurnalist, boshlovchi sifatida faoliyatini boshladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi