21:55 / 03.10.2020
2 826

Guljahon Yo‘ldoshevaga vazirlik hamda Ombudsman hamkorligida qonun doirasida zarur yordam ko‘rsatiladi

Guljahon Yo‘ldoshevaga vazirlik hamda Ombudsman hamkorligida qonun doirasida zarur yordam ko‘rsatiladi
So‘nggi kunlarda Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori, viloyat bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaning ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olinganligi bir qator internet saytlari hamda ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali keng muhokama qilinmoqda.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi G. Yo‘ldoshevaga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilishi yuzasidan tashvishdaligini bildiradi hamda mazkur holatga adolatli va xolis yechim topilishini istaydi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

"Joriy yilning 3 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari G.Marufova hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) kotibiyati mudiri S.Azimovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining 1-sonli tergov hibsxonasida qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldosheva bilan Ombudsman huzuridagi milliy preventiv mexanizm (MPM) doirasida suhbat tashkil etildi.

Suhbat davomida G. Yo‘ldosheva koronavirus kasalligiga chalingan bemor o‘limiga sababchi bo‘lish va 250 mln. so‘m mablag‘ni talon-toroj qilishda ayblanib hibsga olinganligi, ushbu ish bo‘yicha surishtiruv o‘tkazilib, shifokor muammolar haqida ochiq gapirgani, bundan tashqari tergov va suddan yashirinishi mumkinligini inobatga olib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilganligini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, G.Yo‘ldosheva, eng avvalo, ona ekanligi, 6 nafar voyaga yetmagan, jumladan, 2 va 3 yoshli kichik farzandlari borligi, tergov yoki suddan yashirinishga urinmaganligini, shu bilan birga Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi faoliyati yuzasidan olib borilayotgan tekshiruvlar hamda unga nisbatan yuritilayotgan surishtiruv va tergov jarayonlarida bevosita o‘zining ishtirokida xolisona ko‘rilishini ta’minlashda o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasini o‘zgartirilishida amaliy yordam so‘radi.

O‘tkazilgan suhbat natijalari bo‘yicha Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Ombudsman bilan hamkorlikda qonun doirasida va insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqqan holda yuqori sud instansiyalariga qo‘shma murojaat qilishini, shu asosda G. Yo‘ldoshevaning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilishini ma’lum qiladi" deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Guljahon Yo‘ldoshevaga vazirlik hamda Ombudsman hamkorligida qonun doirasida zarur yordam ko‘rsatiladi