Foto: FVV
Toshkent viloyati Bekobod tumanida qurilish ob’ektida xandaq qazish jarayonida favqulodda holat yuzaga keldi, deb xabar bermoqda FVV.
Qayd etilishicha, 4 oktabr kuni Bekobod tumani «Dalvarzin» mahallasi hududida yangi barpo etilayotgan qurilish ob’ektida yuzaga kelgan vaziyat oqibatida bir nafar fuqaroning hayoti saqlab qolingan.
Voqea ushbu qurilish ob’ektining oqova suvlari uchun xandaq qazish ishlari olib borilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, mazkur xandaqni qazish ishlari yer sathidan 4 metr chuqurlikka yetganda tuproq qatlami ko‘chib, fuqaro M.M. ustiga tushib ketgan.
Foto: FVV
Ayni hodisaga guvoh bo‘lgan quruvchilar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilib, sodir bo‘lgan vaziyat haqida xabar bergan. Zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan qutqaruvchilar fuqaroni chuqurlikdan olib chiqib, tibbiy yordam xizmatiga topshirgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)