11:53 / 08.10.2020
2 212

Yuk avtomashinasi kabinasiga nima yashirilgan edi?

Yuk avtomashinasi kabinasiga nima yashirilgan edi?
“Yashirin iqtisodiyot”ning asosiy omillaridan biri tovarlarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishi, ayirboshlanishi va bojxona hududida harakatlanishidir. Shu munosabat bilan bojxona organlari tomonidan respublikamizda “yashirin iqtisodiyot”ning ulushini qisqartirish va tovarlarning noqonuniy harakatini oldini olish borasida ham bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Najimov” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan tovar-moddiy boyliklarini yashirincha olib o‘tishga bo‘lgan urinishlar fosh etildi.

Jumladan, qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro X.X. boshqaruvidagi “DAF” rusumli avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, avtomashina kabina qismida yo‘l yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 55 million so‘mlik 2000 dona tikuv mashinasi ehtiyot qismlari yashirilganligi aniqlandi.

Yana bir holatda mazkur post hududiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro S.B. boshqaruvida bo‘lgan “DAF” rusumli avtotransport vositasi bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, avtoulovning kabina qismida 15 litr spirt mahsulotlari yashirilganligi aniqlandi.

Shuningdek, S.Najimov” chegara bojxona postiga fuqaro N.A. boshqaruvida kirib kelgan MAN” rusumli avtotransport vositasi bojxonachilar e’tiborini tortdi va mazkur avtoulov bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida avtomashinada 20 litrga yaqin alkogol mahsulotlari yashirilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yuk avtomashinasi kabinasiga nima yashirilgan edi?